08:25 / 05.02.2019
3197

Burkina-Fasoda terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2019 / Ahmed Ouoba

Burkina-Fasoning Yatenga viloyatida terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda armiya bosh shtabi xabar qilgan.

“3 fevraldan 4 fevralga o‘tar kechasi terakt oqibatida 14 fuqaro halok bo‘ldi”, deb aytilgan xabarda.

Armiyaning ta'kidlashicha, u javob zarbasi berib, uchta departamentda 146 terrorchini yo‘q qilgan. Mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. 

Bosh shtab boshlig‘i armiyaning mamlakat, aholi va uning mulkini himoya qilishga qat'iyatiga ishonishga chaqirgan.

Mavzuga oid
Top