16:00 / 28.05.2019
25095

Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5730 sonli farmoniga muvofiq Ilhomjon Abduhalilovich Abdug‘aforov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ilhomjon Abdug‘aforov

Ilhomjon Abdug‘aforov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan. Amaliy matematika mutaxassisligiga ega. Shuningdek texnika fanlari nomzodi hisoblanadi.

Bunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

Bundan avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosarlaridan biri Ilhom Norqulov  MB birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.

Top