Markaziy bank boşqaruvi 2024 yil 25 apreldagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildi.

Qaror yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning aytişiça, 2024 yil uçun inflatsiya prognozi energetika tariflarining kutilganidan yuqori oşirilişi hisobiga 9-11 foiz deb belgilangan. Yil boşidagi prognoz 8-9 foiz edi.

“Tarif siyosatiga may oyida kiritilayotgan özgarişlar umumiy inflyatsion jarayonlarga bir martalik oşiruvçi ta’sirga ega bölib, narx-navoga örta va uzoq muddatlarda fundamental xatarlar yaratmaydi”, – dedi Nurmurodov.

Uning sözlariga köra, tariflar özgarişi ma’lum bir darajada aholining inflyatsion kutilmalarida öz aksini topgan bölişi ham mumkin, lekin kelajakdagi kutilmalarga ta’siri bölmaydi deb aytiş qiyin. Regulyator tariflar yangilanişi nafaqat aholining kutilmalariga, balki umumiy inflatsiyaga ham ta’sirini körsatadi deb hisoblaydi. Lekin ta’sir kölami qanday bölişini baholaş qöşimça örganişlarni talab qiladi.

“Ayni paytda bir martalik ijtimoiy transfertlar va taklif etilayotgan ijtimoiy norma hamda tölovlarni keçiktiriş imkoniyati may oyidagi özgarişlarning ta’sirini ma’lum jihatdan yumşatişga hissa qöşadi.

Yanvar oyidagi makroiqtisodiy prognozlarimizda tartibga solinadigan narxlarning erkinlaştirilişini hisobga olib, 2024 yil yakunida 8-9 foiz atrofida şakllanişini prognoz qilgandik. Lekin may oyidan kiritilayotgan elektr energiyasi va gaz narxlaridagi özgarişlar öşa paytdagi prognozlarimizdan yuqori bölgani uçun kutilmalarga ta’sir hisobiga yangilanayotgan prognozimizda umumiy inflatsiya darajasi 9-11 foiz bölişi taxmin qilinyapti. Bazaviy inflatsiya körsatkiçi yanvardagi prognozlar doirasida saqlanib qoldi – 7-8 foiz atrofida bölişi kutilmoqda”, – dedi MB raisi.