18:00 / 26.06.2019
11129

Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» bilan OChL chorakfinaliga chiqdi

Foto: AFC Champions League

Osiyo Chempionlar Ligasi Sharq mintaqasida 1/8 final o‘yinlari yakunlandi.

«Shanxay SIPG» safarda Janubiy Koreyaning «Chonbuk Motors» klubi bilan o‘ynadi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘yinda to‘liq harakat qilib, penaltilardan birini aniq amalga oshirdi.

Sharq mintaqasida Yaponiyaning «Kashim Antlers», «Urava Red Daymonds» va Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klublari ham 1/4 finalga yo‘l olishdi.

G‘arb mintaqasidagi o‘yinlar avgust oyida o‘tkaziladi.

OChL, 1/8 final, javob o‘yinlari

Sharq mintaqasi
25 iyun   
Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Kashima Antlers (Yaponiya) –3:2 (dastlabki o‘yin 0:1)
Shandong Luneng (Xitoy) – Guanchjou Evergrand (Xitoy) – 3:2 (1:2)
26 iyun
Ulsan Hyundai (Janubiy Koreya) – Urava Red Daymonds (Yaponiya) – 0:3 (2:1)
Chonbuk Motors (Janubiy Koreya) – Shanxay SIPG (Xitoy) – 1:1 pen. 4:5 (1:1)

G‘arb mintaqasi, dastlabki o‘yinlar
5 avgust
Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni) – Zo‘b Ohan (Eron) 
An-Nasr (Saudiya Arabistoni) – Al-Vahda (BAA)
6 avgust
Ad-Duhayl (Qatar) – As-Sadd (Qatar)
Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – Al-Hilol (Saudiya Arabistoni)

Top