15:53 / 04.03.2017
11667

Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari o‘zgardi

Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rayosatining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, qo‘mitaning ish faoliyati va tizimda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida, jamiyatda xotin-qizlarning roli haqida gapirdi.

Yig‘ilishda shu kunga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Dilshoda Haydarova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Tanzila Norboyeva mazkur lavozimga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza O‘rolova nomzodini tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritdi.

Taklif rayosat a'zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘ribosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Mavzuga oid
Top