Sirdaryo tumanida yonğin sodir bölgan uydan ikki ayol va bir bolaning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Kun.uz muxbiri holatni örganiş uçun Ziyokor mahallasida bölib, qurbonlarning qöşnilari va yaqinlari bilan suhbatda böldi. Tafsilotlarini eşitgan odam dahşatga tuşadi.

Ma’lum bölişiça, 27 aprelga ötar keçasi röy bergan hodisada bir oilaning uç a’zosi – 1951 yilda tuğilgan ayol, uning 1985 yilda tuğilgan qizi va 2012 yilda tuğilgan nevarasi vafot etgan. (Voqea haqidagi birlamçi xabarda marhumlar ayol kişi va voyaga yetmagan ikki nafar bola ekani aytilgandi).

Marhumlarning ölimi faqat olov ortidan kelib çiqmagan, yonğindan keyin tekşirib körilganda uydan ikki ayol va voyaga yetmagan bolaning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Hozirda bu uyning darvozasi prokuratura tomonidan muhrlangan.

1. Foto: Kun.uz

Marhumlarning qöşnilari bu uyda janjal tez-tez bölib turişini aytdi.

“Oilaviy yaxşi inson edilar. Öşa kuni tez yordam kirib, odam olib çiqişmagaç, demak, ölibdi deb öyladik biz ham. Birinçi ona va bolani topişdi, oxirida ayolni topişdi, bir soatça qidirişdi. Jasadi juda yomon ahvoldi ekan, deyişdi. Gumondor odam qölga olingan, yaqin insoni, öşa ayol bilan gaplaşib yurardi yaqin munosabatda, 6-7 yildan buyon taxminan. Öşa odam qilgan, degan gap bölyapti. Birinçi öldirib, keyin uyni yoqib yuborgan. Kunduz kuni öldirib, uyni keçasi yoqib yuborgan, deyişyapti. Bola maktabdan 17:30–18:00 atrofida kelgan, şundan keyin heç kim körmagan, darvozalari ham kun böyi yopiq bölgan”, – deydi marhumlarning qöşnisi Madina Abduraşidova.

Marhuma ayolning farzandlari bu mudhiş xabarni eşitişi bilanoq xorijdan yetib kelgan. Kun.uz muxbiri ta’ziyali xonadonda bölib, marhumlarning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.

“Uç öğil, bitta qiz edik. Örtança akam vafot etgan, katta akam Rossiyaga ketgan edi. Bir kuni singlim bilan videoqönğiroqda gaplaşganimda militsiya formasidagi kişi körindi, kim deb söradim, bir tanişim dedi, ehtiyot bölib yur, dedim. Onamdan ham söradim, tanişi ekan, kelib turadi, deb qöygandilar. Oradan vaqt ötdi, onam haligi odam singlimni tinç qöymayapti, deb qoldilar. Uçastkavoyga ariza yozibdilar onam, lekin baribir qaytib kelaveribdi. Onamning oldida singlimga şapaloq urgan ekan, onamning öziga ham tahdid qilibdi. Ikkalasining orasida gap bölgandir, lekin jiyanimning, onamning aybi nima ekan?