14:33 / 21.02.2018
4583

NASA portativ hojatxona bilan jihozlangan yangi skafandr ishlab chiqmoqda

Foto: Flickr

NASA mutaxassislari kosmik skafandrning yangi modelini ishlab chiqishmoqda, u hayot faoliyati chiqindilarini yo‘qotish tizimi bilan jihozlanadi. Space.com nashrining xabar berishicha, bunday tizim “Apollon” dasturi doirasida Oyga ekspeditsiyalarda ishlatilgan skafandrlarda qo‘llangan.

“Orion ekipaji hayot faoliyatini ta'minlash uchun kostyum” nomini olgan yangi skafandr Amerikaning Orion yangi kosmik kemasida Oyga parvozlar vaqtida ishlatilishi mumkin. U shunday loyihalashtirilmoqdaki, ekipaj kabina germetikligi buzilganda ham olti sutka davomida skafandrlarda ishlashni davom ettira oladi.

“Bu ancha uzoq vaqtdir, - deya ma'lum qildi skafandr ichki tizimlarini ishlab chiqish dasturi rahbari Kirstin Jonson. – Bu muddat davomida skafandrda bo‘lish, ayniqsa bunda yoningda hayot faoliyati chiqindilari bo‘lsa, oson ish emas”.

Hozirda amerikalik astronavtlar ikki turdagi skafandrdan foydalanadi – bittasi startda kiyiladi, ikkinchisi esa – ochiq koinotga chiqilganida. Har ikki skafandr “namlikni maksimal darajada o‘ziga tortib oluvchi vositalar” bilan jihozlangan. Astronavtlar ularda to‘qqiz soatgacha qolishi mumkin.

Mavzuga oid
Top