17:20 / 08.03.2018
8865

Turkiya Afrindagi amaliyot qachon tugashini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, Suriyaning Afrinida mamlakat qurolli kuchlari tomonidan o‘tkazilayotgan amaliyot mayga qadar yakunlanadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Afrindagi amaliyot may oyiga qadar yakunlanadi», - deya aytib o‘tdi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mavlud Chavusho‘g‘li Turkiya va Iroq hukumati Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi qo‘shma harbiy amaliyotni o‘tkazishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Turkiyaning Suriyaga kirishi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshladi.

Barchasi
Top