Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirmoqchi
Investitsiyalar vazirligi vakillari Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiy tadqiqotlar jamg‘armasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan «Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligi yangi istiqbollari» mavzusidagi tadbirda ishtirok etdilar.
Foto: Dunyo
Tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy va xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro Transkaspiy yo‘lagidan foydalanishni yanada faollashtirish, yuk tashish hajmini oshirish, narxlarni optimallashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish va yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishni nazarda tutgan holda mintaqalararo transport va logistika sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar turk biznesi o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlari ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi va uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026