11:01 / 08.05.2018
4661

Allegri «Arsenal» murabbiyligi uchun asosiy nomzod, «Yuventus» uni qo‘yib yuborishga rozi

Foto: AFP

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionligi rasmiylashtirilganidan keyin klub rahbariyati bilan kelajagi masalasini muhokama qiladi.

50 yoshli ushbu mutaxassis turinliklar klubi prezidenti Andrea Anelli va bosh direktor Beppe Marotta bilan juda yaxshi aloqalar o‘rnatgan.

Sky Sports xabariga ko‘ra, agar Allegri ketish istagida bo‘lsa, «Yuventus» uni qo‘yib yuboradi. Uning shartnomasi muddati 2019 yil yozigacha tuzilgan.

Allegri Luis Enrike bilan birgalikda «Arsenal» bosh murabbiyligi uchun short-listda turibdi. Ammo ikki murabbiyda ham  London klubi boshqaruv tuzilmasi borasida qator e'tirozlar bor.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U jamoa bilan 3 marta Italiya chempioni bo‘ldi, 3 marta Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi va 2 marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.

Top