Angliya: «Siti»ga taskin beruvçi final

«Mançester Siti» – «Çelsi» 1:0
Gol: 1:0 – 84 Bernardu Silva.
«Mançester Siti» – Ortega, Uoker, Ake, Akanji, Stounz (Ruben Diaş, 46), de Bryuyne, Griliş (Doku, 66), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Alvares (Bobb, 88).
«Çelsi» – Petroviç, Gyusto (Disasi, 79), Tiago Silva, Çaloba, Kukurelya (Çiluell, 88), Gallaher, Fernandes (Sterling, 88), Palmer, Kaysedo, Madueke (Mudrik, 79), Jyekson.
Ogohlantirişlar: Kaysedo (45), Alvares (58), Petroviç (83), Foden (83), de Bryuyne (86), Fernandes (86).

Çorşanba kuni «Siti» «Real»ga alamli tarzda mağlub bölib, Çempionlar ligasini tark etgandi. Qolaversa, bu öyinda 120 daqiqa harakat qilişga töğri kelgandi. «Çelsi»da esa Angliya Kubogi yarimfinaliga tayyorlaniş uçun bir hafta vaqt bor edi. Katta ehtimol bilan şu tufayli dastlabki 10 daqiqalikda «Uembli»dagi öyinda raqibdan faolroq harakatlandi.

Keyin esa «Siti» ham vaziyatlar yarata boşladi. De Bryuyne jarima maydoniga a’lo darajadagi uzatma yetkazib berdi va Foden darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqib bordi. Petroviç töp tomon taşlandi va angliyalik futbolçini töpni çapga olib ötib, noqulay nuqtadan zarba berişga majbur qild – vaziyat boy berildi. Ehtimol bu epizodda Fodenning örnida Holand bölganida bir teginişda töpni darvoza töriga joylaşi mumkin bölardi. Ammo norvegiyalik töpurar jarohat tufayli öyin qaydnomasiga ham kiritilmagandi.

Qaysidir pallada «Siti» raqibni şu qadar bosim ostida qoldirdiki, Akanji boşqa bir himoyaçi Akeni raqib jarima maydoni içida pas bilan ta’minladi. Köp ötmay noodatiy holat kuzatildi: Alvares qulay pozitsiyadan zarba berdi, ammo de Bryuyne töp yölida paydo böldi.

Tanaffus arafasida «Çelsi»da ham golli vaziyatlar paydo böla boşladi. Palmer raqib jarima maydoni içida Rodrini aldab, kuçli zarba berdi, ammo Ortega qutqardi. Keyin esa u Jyeksonni yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi, ammo hujumçi sust harakat qildi va hatto zarba ham berolmadi. U tanaffusdan keyin ham deyarli şunday vaziyatni kökka sovurdi.