16:15 / 11.06.2018
6104

Yil boshidan beri bozor xizmatlari hajmi qanchaga teng bo‘ldi?

Foto: Advantour

2018 yil yanvar-may oylarida bozor xizmatlari hajmi 54498,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 107,0%ga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur'ati 129,4%ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 1666,1 ming. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulush transport xizmatlariga (30,2%) tegishli bo‘ldi.

2018 yil yanvar-may oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (133,6%), moliyaviy xizmatlar (129,4%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (118,9%), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarda (113,6%) eng yuqori o‘sish sur'atlariga erishildi (113,6%).

Transport xizmatlari ko‘rsatilgan umumiy xizmatlar hajmida eng yuqori hajmni - 16,479,2 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bu sanoat, qurilish, tashqi va ichki savdo, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik kabi tarmoqlarda ushbu xizmatlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi bilan izohlanadi. 

Shu bilan birga, savdo xizmatlari hajmi - 15025,4 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar - 7492,0 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 3734,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshganligi qayd etildi. 

Transport xizmatlari umumiy hajmida eng katta ulushni avtomobil transportida ko‘rsatilgan xizmatlar (48,3%) tashkil etadi. Quvurlar orqali tashish xizmatlari jami transport xizmatlarining 18,5%ni tashkil etadi. 

Temir yo‘l transportida ko‘rsatilgan xizmatlar transport xizmatlari umumiy hajmi 15,3%ni tashkil etadi. Tovarlar va yo‘lovchilarni havo transportida tashish bo‘yicha xizmatlar ulushi transport xizmatlari umumiy hajmida 10,6%ga yetdi. Yordamchi transport faoliyati transport xizmatlari jami hajmining 7,3%ni tashkil qiladi. 

Avtomobil transportida ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida eng katta ulush Toshkent shahri (16,7%), Toshkent (13,8%) va Samarqand (11,7%) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo (1,6%), Jizzax (2,7%), Navoiy (2,7%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,2%) qayd etildi.

2018 yil yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 129,4%ga yetdi. Moliyaviy xizmatlar o‘sish sur'atining oshishi Surxondaryo (140,5%), Jizzax (136,7%), Toshkent (136,2%), Navoiy (135,5%) viloyatlari va Toshkent shahrida (131,3%) kuzatildi. 

Moliyaviy xizmatlar bo‘yicha boshqa hududlarga nisbatan eng past o‘sish sur'atlari Buxoro (115,6%), Xorazm (120,7%), Andijon (121,2%), Namangan (121,7%) va Farg‘ona (122,7%) viloyatlarida qayd etildi. Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur'atlari Toshkent (123,2%), Navoiy (120,3%), Namangan (120,0%), Samarqand (119,9%), Buxoro (118,8%) va Jizzax (117,6%) viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida (120,5%) kuzatildi. 

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha nisbatan past o‘sish sur'atlari Xorazm (113,9%), Sirdaryo (114,8%), Surxondaryo (114,9%), Qashqadaryo (115,7%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (115,0%) qayd etildi.

Hududlar orasida eng katta hajm Toshkent shahri (17451,7 mlrd. so‘m), Toshkent viloyatiga (4 071,1 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keladi. Eng past hajm Sirdaryo (707,7 mlrd. so‘m), Jizzax (1129,9 mlrd. so‘m) viloyatlarida kuzatildi. 

Hududlar orasida Toshkent shahri yetakchi o‘rinni egallaydi. Toshkent shahrining ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 32,0%ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, xizmatlar umumiy hajmida hududlar bo‘yicha eng yuqori ulushlarni Toshkent (7,5%), Samarqand (6,8%), Farg‘ona (6,2%) va Andijon (5,5%) viloyatlari tashkil etadi.

Hududlar orasida eng past ulushlar Sirdaryo (1,3%), Jizzax (2,1%), Navoiy (2,6%), Xorazm (2,9%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,0%) to‘g‘ri keladi .

2018 yil yanvar-may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1666,1 ming. so‘mga teng bo‘ldi. O‘sish sur'ati o‘tgan yilga nisbatan 105,2%ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida - 7064,3 ming. so‘m qayd etildi. 2017 yil yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur'ati 110,6%ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatishning eng past ko‘rsatkichi Surxondaryo viloyatida - 813,7 ming. so‘m kuzatildi, o‘sish sur'ati 104,5%ni tashkil etdi. 

Mavzuga oid
Top