2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQŞ dollariga yetgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, taşqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan soliştirilganda 927,9 mln AQŞ dollariga yoki 6,2 foizga oşgan.
Toşkent şahri Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori - 38,5 foiz uluşni egallagan.
2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQŞ dollariga yetgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 10 foizga köp.
Yanvar-mart oylarida Özbekiston jahonning 184 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirib, taşqi savdo aylanmasi hajmini 15,8 mlrd AQŞ dollariga yetkazgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozoğiston (5,9 foiz), Turkiya (4,1 foiz) va Koreya Respublikasida (3,4 foiz) qayd etilgan.

















