16:40 / 06.12.2018
16393

Azar «Real»ning taklifiga rozi bo‘ldi

Foto: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar faoliyatini «Real»da davom ettirishi haqiqatga aylanmoqda.

Madriddagi Onda Madrid radiostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, 27 yoshli belgiyalik futbolchi Qirollik klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan.

Agar «Real» «Chelsi» bilan Azar uchun transfer to‘lovi miqdori bo‘yicha kelisha olsa, futbolchi yozda Madridga keladi. Ushbu havbekning londonliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan.

«Chelsi» Azar uchun 170 million yevro so‘ramoqda. «Real» ushbu transferga ayni vaqtda London klubida ijara asosida to‘p surayotgan Mateo Kovachichni ham qo‘shishni istamoqda.

Bundan avvalroq Azar yozda «Real» safiga o‘tishga tayyorligi haqida gapirgandi.

Top