Ispaniya Superkubogi finali doirasida «Real» «Barselona»ga qarşi maydonga tuşdi.
Ar-Riyodda ötgan klasiko bahsida Madrid klubi 10-daqiqadayoq Vinisiusning dubli evaziga 2:0 hisobida oldinga çiqib oldi. Bölimning ikkinçi yarmida Levandovski jarima maydoni taşqarisidan töpni töxtatmay darvoza töriga yöllab, hisobni qisqartirgandi, ammo köp ötmay Vinisius penaltini aniq ijro etib, het-trigini rasmiylaştirdi – 3:1.
Ikkinçi bölimda esa Vinisiusning sa’y-harakatlaridan keyin Rodrigo hisob yirik köriniş olişini ta’minladi – 4:1. Şu kuni özining eng yomon öyinlaridan birini ötkazgan Arauxo (u birinçi bölimdagi ikki golda aybdor edi) 71-daqiqada ikkinçi sariq kartoçkadan keyin maydonni tark etdi.
Öyinda zarbalar böyiça yakuniy statistika – 18:11 «qaymoqranglilar» foydasiga, darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar böyiça – 9:7. Ançelotti jamoasi xG böyiça Xavi jamoasini ham ortda qoldirdi – 1,11 ga qarşi 3,07. Şunday ekan, madridliklar haqli ravişda ğalaba qozonib, Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi.
Ispaniya Superkubogi. Final
«Real» – «Barselona» 4:1
Gollar: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 10 Vinisius Junior, 2:1 – 33 Levandovski, 3:1 – 39, penalti Vinisius Junior, 4:1 – 64 Rodrigo.
«Real» – Lunin, Karvahal, Naço, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modriç, 81), Valverde, Tçuameni, Bellinghem, Vinisius Junior (Kamavinga, 82), Rodrigo (Braim Dias, 77).
«Barselona» – Penya, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serji Roberto (Lopes, 61), Gundöğan, de Yong, Pedri (Yamal, 61), Ferran Torres (Joau Feliks, 61), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Arauxo (37), Serji Roberto (40), Bellinghem (43), Ryudiger (62).
Çetlatiş: Arauxo (71).

















