13:58 / 11.01.2019
10212

Toshkentda mahalla raisini 24 mln so‘mga aldab ketishdi

Illyustrativ foto

2019 yil 9 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 3 fevral kuni Uchtepa tumanida yashovchi N.M. Olmazor dahasida shu dahada yashovchi “Katta Olmazor” MFY raisi A.U.ga MFY binosining ichki qismini ta'mirlab berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u aldov yo‘li bilan 24 mln 500 ming so‘m pulini olganini va bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida N.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top