«Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Yevropada davom ettiradi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Portugaliyaning «Nasonal» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o‘rnida, Sardor Rashidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayish», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham o‘ynagan. O‘zbekiston terma jamoasi safida 46ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan.
Madeyra orolining «Nasonal» klubi Portugaliya chempionatining 17 turidan so‘ng, 19 ochko bilan 18ta jamoa ichida 12-o‘rinni egallab turibdi.