10:04 / 11.02.2019
13357

Pentagonning vaqtinchalik rahbari Afg‘onistonga to‘satdan keldi

Foto: AP

AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Shanaxan Afg‘onistondagi Amerika harbiy qo‘mondonligi bilan «Tolibon» harakati vakillari o‘rtasida tinchlik to‘g‘risidagi muzokaralar fonida uchrashish niyatida.

Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchining ta'kidlashicha, Afg‘oniston xalqi o‘z kelajagini, jumladan, toliblar bilan munosabatlar nuqtai nazaridan mustaqil ravishda belgilashi kerak.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Oq uydan Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlari sonini hozirgi 14 mingdan qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatma kelib tushgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Afg‘onistonda toliblarga qarshi hujumlarni kuchaytirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top