Mintaqaviy transport imkoniyatlarini kengaytiriş - Qozoğiston delegatsiyasining Afğonistonga taşrifi asosiy masalalaridan biridir. Qozoğiston va Afğoniston boş vazirlari örinbosarlari Serik Jumanğarin va Abdulğani Birodar uçraşuvida tomonlar Markaziy va Janubiy Osiyodagi transport integratsiyasi loyihalari böyiça hamkorlikni rivojlantirişdan özaro manfaatdorlik bildirdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi. 

Tadbir davomida Qozoğiston tomonining Transafğon yölagini (Termiz – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar va Hirot – Qandahor – Spin-Buldak temir yöli) qurilişi böyiça loyihalarni amalga oşirişda iştirok etişga tayyorligi ta’kidlandi. 

Ta’kidlanişiça, loyiha mintaqa mamlakatlari örtasida yuklarni yetkazib beriş muddatini qariyb 10 barobarga qisqartiriş, şuningdek, yuk taşiş narxini pasaytiriş imkonini beradi. Qozoğiston temir yöl konstruksiyalari, şpallar va mahkamlagiçlar uçun materiallar yetkazib beriş orqali loyihada iştirok etişga tayyorligi ma’lum qilindi. 

Tomonlar, şuningdek, mamlakatlar örtasida havo qatnovini qayta tiklaş imkoniyatlarini muhokama qildi. Qozoğiston va Afğoniston aviatsiya ma’muriyatlari örtasidagi özaro anglaşuv memorandumi doirasida tomonlarning aviataşuvçilari haftasiga uçta yölovçi/yuk reyslarini amalga oşiriş huquqiga ega. Qozoğiston tomoni afğon aviakompaniyalaridan arizalar kelib tuşganidan keyin bu masalani körib çiqişga tayyorligini ma’lum qilgan.