Klaudio Raneri «Roma» klubining bosh murabbiyi qilib tayinlandi.
Uning mehnat shartnomasi bandlari oshkor qilinmadi.
«Uyimga qaytishdan baxtiyorman. «Roma» qo‘ng‘iroq qilsa, rad javobini berishning imkoni yo‘q», – dedi Raneri.
67 yoshli mutaxassis o‘tgan oyda «Fulhem»dan iste'foga chiqarilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Raneri 2009-2011 yillarda «Roma»ni boshqargan.