16:20 / 28.10.2019
1
21335

«Novosibirsk – Toshkent» poyezdi vagon kuzatuvchisi ishtirokidagi audioyozuv o‘rganilmoqda

Foto: www.train-photo.ru

«Novosibirsk – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 369-sonli yo‘lovchi poyezdi vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Audioyozuvdan Rossiyada ishlab kelayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan «Chegaradan bosh og‘riqsiz o‘tkazib qo‘yish» uchun pul yig‘ilayotganini tushunish mumkin. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, voqelikni atroflicha o‘rganish yuzasidan aksiyadorlik jamiyati tomonidan tezkor ishchi guruh tuzildi. Ayni vaqtda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh dastlabki o‘rganish ishlarini boshlagan. 

«Novosibirsk – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan ushbu yo‘lovchi poyezdi 30 oktabr kuni Toshkent Markaziy vokzaliga yetib keladi.

«Hurmatli yo‘lovchilar «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanayotganda biror bir noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilsa +99871 299 94 50 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top