“Özbekiston temiryöllari” Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi böyiça tanlov e’lon qildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

“Özbekiston temiryöllari barça iste’dodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining öziga xos va jozibali taşqi körinişini yaratişga taklif qiladi. Tanlov ğolibi 100 million söm miqdoridagi mukofotga ega böladi va poyezdda öz dizaynidan taşqari ğolibning boş harflari ham tasvirlanadi” deyiladi xabarda.

Tanlov şartlari quyidagiça belgilangan;

– Ikkitadan ortiq bölmagan dizayn variantini taqdim etiş.

– Işlaringizni [email protected] elektron manziliga 2024 yil 12 may sanasigaça yuboriş;

– Mavzu satrida “Hyundai Rotem poyezd dizayni tanlovi" deb körsatiş;

– Aloqa ma’lumotlarini körsating (F.I.Ş., telefon raqami).

2023 yil 10 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi temiryöl transport sohasini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan va unda Özbekistonga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem poyezdlarini keltiriş böyiça vazifalar belgilangandi.

Ma’lumot uçun, yettita vagonga ega Hyundai Rotem elektropoyezdi 351 ta örindiqqa ega böladi. Soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi.