07:55 / 02.11.2019
0
8763

Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosiga nisbatan talonchilik sodir etildi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 28 oktabr kuni soat 23:30larda poytaxtning Yunusobod tumani hududida joylashgan «Mediapark» savdo majmuasi oldida talonchilik yuz berdi.

«Postda» nashri xabariga ko‘ra, shu yerda aylanib yurgan Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi Ch.B.ning qo‘liga noma'lum kimsa tashlanib, umumiy qiymati 1900 AQSh dollarilik zanjirni yulib qochgan.

Lekin u uzoqqa borolmagan. Xabarda aytilishicha, o‘z vaqtida ko‘rilgan chora tufayli K. Z. qo‘lga olindi.

Chet el fuqarosiga nisbatan bo‘lgan talonchilik bartaraf etilgan. Mo‘may daromadni ko‘zlagan K. Z. endilikda qilmishi uchun javob beradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top