20:48 / 07.12.2019
0
8101

AQSh va Eron o‘zaro mahbus almashishdi

Vashington va Tehron mahbus almashishni amalga oshirdi: AQSh Eronga 2018 yilda hech qanday ayblovlarsiz FQB tomonidan Minnesota shtatida qo‘lga olingan eronlik olim Mas'ud Sulaymoniyni, Eron esa 2016 yilda josuslikda gumonlanib Eronda qo‘lga olingan talaba Syue Vanni topshirdi.  

"Professor Mas'ud Sulaymoniy va Syue Van tez orada o‘z oilalari bag‘riga qaytishidan xursandman", - deb yozdi Eron TIV rahbari Javod Zarif tvitterda.

U bu ishda qatnashgan barchaga, ayniqsa Shveytsariya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

"Yana bir amerikalik uyiga qaytmoqda. Eronda yolg‘on ayblovlar bilan uch yil tutib turilgan Syue Van AQShga yo‘l oldi. Van tez orada uni sog‘ingan ayoli va o‘g‘li bilan ko‘rishadi", - deb yozdi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘z tvitterida.

U shuningdek, Vanning qaytishiga ko‘mak bergan Shveytsariya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

Tehron va Vashington 1979 yildan buyon diplomatik munosabatlarga ega emas. Bu ikki davlat manfaatlarini bir-birlariga Shveytsariya ifodalaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top