AQŞ savdo vakilligi idorasi intellektual mulkni himoya qiliş va qöllaş böyiça 2024 yil uçun “Maxsus 301-hisoboti”ni e’lon qildi.

Hisobotda aytilişiça, idora Özbekistonni özining kuzatuv röyxatidan (Watch list) çiqardi. Sababi mamlakatda intellektual mulk huquqini himoya qiliş va qöllaş bilan boğliq uzoq muddatdan beri davom etib kelayotgan muammolarni hal qiliş böyiça barqaror özgarişlar bölyapti.

“Masalan, Bojxona kodeksiga özgartiriş kiritilib, kontrafakt import va eksport mahsulotlarni olib qöyiş, ularni uşlab turişga oid ex officio vakolati belgilandi. Bundan taşqari, Özbekiston intellektual mulk sohasiga yuqori darajada siyosiy e’tibor qaratib kelmoqda. Özbekiston "AQŞ-Markaziy Osiyo” savdo va investitsiyalar böyiça asosli kelişuv doirasida Intellektual mulk yönalişida işçi guruhini qöllab-quvvatlamoqda va uning işlarida qatnaşmoqda”, deyiladi hisobotda.

Ta’kidlanişiça, AQŞ savdo vakilligi idorasining bu yilgi hisoboti 100 dan ortiq savdo hamkorlariga oid tadqiqotlar va ular bilan kengaytirilgan darajadagi hamkorlikdan söng xulosaviy şaklda tayyorlangan.

Taşkilot Özbekiston bilan birga Dominikan Respublikasini ham kuzatuv röyxatidan çiqardi.

Hisobotda qayd etilişiça, Rossiya-Ukraina uruşi davom etayotgani sabab Ukrainani kuzatuv röyxatidan çiqariş keçiktirildi.

Şuningdek, kuzatuv röyxatiga 7 ta davlat joylaştirilgan. Röyxatga kirgan davlatlar qatorida Xitoy ham bor. Agentlikning qayd etişiça, bunga sabab Xitoyda intellektual mulk qonunçiligini qöllaş va himoya qiliş borasida jiddiy xavflar mavjud. Şuningdek, Argentina, Çili, Hindiston, Indoneziya, Rossiya va Venesuela ham röyxatga kiritildi.

Ma’lumot uçun: AQŞ Taşqi savdo agentligining “Maxsus 301-hisoboti” dunyo miqyosida intellektual mulk qonunçiligini qöllaş va uning himoyasini kuçaytirişga qaratilgan holatning global şarhi hisoblanadi. U boşqa mamlakatlardagi mualliflik huquqi, patentlar va savdo belgilari kabi intellektual mulk qonunlari tufayli Qöşma Ştatlar kompaniyalari va mahsulotlariga savdo tösiqlarini belgilaydi.

Avvalroq Özbekistonda 5 ta qonun Jahon savdo taşkiloti talablariga muvofiqlaştirilgani, özgarişlarning katta qismi intellektual mulk sohasiga taalluqli ekani ma’lum qilingandi