09:19 / 24.12.2019
5
53283

2000 tovar pozitsiyasi bojxona to‘lovlaridan ozod etildi

Foto: Viktorii Perevyazko

Prezidentning 10.04.2019 yildagi «2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5707-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar haqida so‘z bormoqda, deb yozyapti Norma.

 Eslatib o‘tamiz, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari (o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilganda), shuningdek dorixonalar ichida tayyorlash uchun ishlatiladigan farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji va chakana sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ushbu imtiyozdan foydalanadilar. Apreldagi Farmonda qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladigan tovar pozitsiyalari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 Shunga muvofiq Hukumat tomonidan imzolangan ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:

1 382 nomdagi dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari;

«toza xonalar», sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari;

600 nomdagi texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari.

 Imtiyoz berilgan pozitsiyalar batafsil ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin. Hujjatda ko‘rsatilgan TIF TN kodlari tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda belgilanadi.

 Imtiyozlarni qo‘llash natijasida ozod etiladigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan vositalardan muayyan maqsadga mo‘ljallanmagan yo‘nalishda foydalanilgan taqdirda, ushbu vositalar to‘liq hajmda Davlat budjetiga undiriladi, huquqbuzarlarga nisbatan jarima choralari qo‘llaniladi. DSQga DBQ bilan birgalikda buni nazorat qilish topshirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top