Soliq qömitasi xabariga köra, 2023 yil yanvar-dekabr oylarida işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanuvçi 67 322 ta yuridik şaxs tomonidan 41,6 trillion sömga yaqin soliq tölangan. Şundan 18,9 trillion sömi 20 ta soliq tölovçi hisobiga töğri keladi. Ularning tovar aylanmasi 162,5 trillion söm, qöllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,5 trillion sömdan oşgan.
Uşbu soliq tölovçilar tomonidan ta’minlangan tuşumlar soliq turlari kesimida:
- QQS — 6,5 trillion söm;
- aksiz soliği — 3,7 trillion söm;
- yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq — 2,1 trillion söm;
- foyda soliği — 1,9 trillion söm;
- JŞODS — 1 trillion söm;
- ijtimoiy soliq — 921,7 milliard söm;
- mol-mulk soliği — 642,3 milliard söm;
- yer soliği — 343,2 milliard söm;
- suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq — 110,6 milliard söm;
- boşqa soliqlar — 1,5 trillion söm.
















