09:30 / 01.02.2020
0
20055

Britaniya 3,5 yillik munozaralardan keyin YeIni tark etdi. Bu qanday bo‘ldi?

31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi, breksit bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan 188 hafta o‘tib nihoyat Britaniya Yevropa ittifoqini tark etdi. London va Bryusselda bunga tayyorgarlik ko‘rildi, Boris Jonson britanlarga «milliy uyg‘onish»ni va'da qildi.

Foto: REUTERS

«Men buni sog‘lom va demokratik qaror deb bilaman. Menimcha Yevropa ittifoqi 50 yildan buyon mamlakatimizga mos kelmaydigan yo‘nalishda rivojlanmoqda», - dedi Britaniya bosh vaziri Boris Jonson juma kuni breksit munosabati bilan millatga murojaatida. U 31 yanvar kuni Britaniyaning «milliy uyg‘onishi» uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishini ma'lum qilgan.

Bosh vazir yangi Britaniyada migratsiya nazorat qilinishi, erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishi, global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash davom ettirilishi va nihoyat jinoyatchilikka chek qo‘yilishini bildirib o‘tgan.

YeIdan rasmiy chiqishning texnik jihatlariga kun davomida tayyorgarlik ko‘rildi. Bryusselda Yevroparlament binosida britaniyaliklar bayrog‘i tushirilib, uning o‘rnini Yevroittifoq bayrog‘i egalladi.

Yevroparlamentdagi britaniyaliklar delegatsiyasi bir necha kun muqaddam yig‘ilish zalidan chiqarib yuborildi. Parlamentariy Jonatan Bullok shaharni tark etayotib avtomobil oynasidan britan bayrog‘ini hilpiratdi.

Londonda ham bayroqlarning misli ko‘rilmagan konsentratsiyasini kuzatish mumkin edi. Parlament binosi oldid breksitning minglab tarafdorlari to‘pllanishdi.

Juma kuni London ko‘chalarida breskit tarafdorlari ham, qarshilar ham aksiyalar o‘tkazishdi. Parlament maydonida Leave Means Leave (Chiqish kerakmi - demak chiqamiz») harakati a'zolari namoyish uyushtirdi. YeI tarafdorlari marosimga milliy bayroq ranglaridagi kiyimlarda tashrif buyurishdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top