Turli raqamlar bilan boşingizni qotirmay, böladigan gapdan gaplaşsak. Demak, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqiş xronikasi quyidagiça böldi: ajoyib kunlarning birida ingliz aslzodalari ular «eng buyuk» deb hisoblaydigan Britaniyaning Yevropa Ittifoqi atalmiş taşkilot tarkibida bölişini mantiqsizlik deb öylab qolişdi. Tereza Mey boşliq siyosatçilar «brexit» (Britain exit) degan terminni öylab topişdi va Britaniya ittifoqdan çiqişi kerakligi haqida bong ura boşlandi. Keyin bu borada referendum ötkazildi, unda qatnaşganlarning 51 foizi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqib ketişini qöllab ovoz berdi. Bu esa breksit amalga oşadi degani edi.

Oqibatda breksitni qöllamagan boş vazir Devid Kemeron iste'foga çiqib, uning örnini Tereza Mey egalladi. Britaniyada Margaret Tetçerdan söng ilk marta ayol kişi boş vazir böldi. Mey va uning jamoasi ikki yil urinib ham Britaniyani YeIdan olib çiqib ketişni uddalay olmadi. Meyning ittifoq rahbarlari bilan tinimsiz muzokaralari ham tomonlarning bir töxtamga kelişiga yordam bermadi.

Britaniya Yevropa Ittifoqidan radikal özgarişlarsiz çiqib keta olmasligi oydinlaşgaç, Mey közda yoş bilan lavozimini tark etdi. Uning örnini London meri bölgan vaqtida noodatiy va biroz nojiddiy harakatlari bilan yodda qolgan, sönggi yillarda mamlakat taşqi işlar vaziri sifatida faoliyat körsatgan Boris Jonson egalladi.

Jonson oldingi hamkasbi kabi muzokaralar yölini tanlamadi va parlamentni tarqatib yuborişga erişdi. Şu tariqa, 2017 yilda tarkib topgan Britaniya parlamenti 2019 yil oxirida yana ovoz beriş orqali yangi tarkibga ega böldi.

Yangi parlament esa Jonson kutgani kabi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan avtomatik tarzda (qöpol qilib aytganda heç qanday kelişuvlarsiz) çiqib ketişi borasida hujjatni maqulladi. 23 yanvar kuni Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II hujjatni imzoladi. Hazrati oliyalari tasdiqlagan hujjat öz-özidan rasmiy kuçga kirdi. Oxirgi bosqiçda Yevroparlament breksit töğrisidagi hujjatni ma'qulladi.

Yevroparlament deputatlari ham bu ğavğolardan çarçagandi desak, xato bölmaydi. Mana, bir neça satrda «Britaniyani Yevropa Ittifoqidan çiqarib yubordik», ammo işonavering, qirollik bu jarayonni uç yil içida bosib ötib sillasi quridi.

«Endi xavfsiz köçalarda yaşaymiz...»

Boris Jonson qirollikning nega Yevropa Ittifoqidan çiqib ketayotganini ikki oğiz gapda juda aniq tuşuntirdi-qöydi: «Sönggi uç yilda breksit oxiri yöq jarayondek körinib qolgandi, ammo körib turibsiz, finişga yetib keldik. Endi nafas rostlagaç butun e'tiborimizni yorqin kelajak tuzişga, maktab, kasalxonalarni yaxşilaşga qaratişimiz mumkin. Endi xavfsizroq köçalarda yuramiz».