11:33 / 18.02.2020
2
5268

Sodiq Safoyev: «Iqtisodiy rivojlanish uchun siyosiy qonun ustuvorligi kerak»

Sodiq Safoyev so‘nggi yillarda parlamentda kuzatilgan o‘zgarishlarga to‘xtaldi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 18 fevral kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusidagi xalqaro konferensiya ish boshladi.

Konferensiyaning birinchi sessiyasida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so‘zga chiqdi.

O‘z nutqida u so‘nggi yillarda parlamentda kuzatilgan o‘zgarishlarga to‘xtaldi. 

«Jamiyatimiz oldida turgan strategik maqsad – zamonaviy, barqaror rivojlanib borayotgan ijtimoiy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik-huquqiy davlat qurish parlamentning rolini yanada oshirishni talab etadi.

Jadal iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash uchun siyosiy qonun ustuvorligi kerak.

Davlat hokimiyatining aholi oldidagi javobgarligi uning faoliyatining shaffofligidir. Bunga erishish esa birinchi navbatda xalq vakillarining faoliyati bilan bog‘liq», - dedi Sodiq Safoyev.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top