Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolif partiya — Koreya demokratik partiyasi (KDP) ğalaba qozondi, deb xabar berdi Korea Times.
KDP amaldagi hukmron Xalq kuçi partiyasi (XKP)ni ortda qoldirişga erişdi. Barça ovozlar sanab çiqilgan. Natijaga köra KDP Milliya assambleyadagi (Koreya parlamenti) 300 ta örindan 175 tasiga ega çiqdi. Umumiy hisobda muxolifatçi partiyalar 180 dan ortiq örinni qölga kiritgan. XKP esa 108 ta örinni öziniki qildi, xolos.
Ta’kidlaş joiz, KDP liberal qaraşlar tarafdori hisoblanadi. XKP esa konservativ qaraşlar tarafdori.
Saylovlarda 29,7 mln koreyalik iştirok etdi. Saylovdagi umumiy iştirok esa 67 foizni taşkil qildi. Bu mamlakat tarixida parlament saylovilaridagi eng yuqori körsatkiç böldi. Biroq 2022 yilgi prezidentlik saylovidagi körsatkiçni zabt eta olmadi (77,1 foiz).
Channel News Asia’ning yozişiça, bu ğalabada muxolifatning saylovoldi taşviqotlarida amaldagi konservativ prezident Yun Sok Yolni yaponparast siyosatçi sifatida körsata olgani katta rol öynagan. Bunga esa öz örnida hukumatning konslager qurbonlariga davlat budjeti hisobidan kompensatsiya tölaş böyiça qarori, şuningdek, Fukusima yapon AESdan tozalangan radioaktiv suvlarning oqizilişiga bölgan sust munosabat va reaksiya yordam bergan.
Reuters esa saylovoldi poygalari köpçilik ekspertlar tomonidan amaldagi prezidentga işonç yuzasidan referendum sifatida qabul qilinganini yozgan (http://www.reuters.com/). Boisi prezident Yun Sok Yolning obrösi qimmatlaşib borayotgan turmuş tarzi va siyosiy mojarolar sabab ança tuşgan.
Şunday mojarolardan biri prezidentning turmuş örtoği Kim Kon Xiga 2200 dollarlik Dior sumkasi sovğa qilinganidan söng yuzaga kelgandi. Ta’kidlaş joiz, Janubiy Koreyada amaldorlar va ularning turmuş örtoqlari bir moliyaviy yil davomida jami 2245 dollardan oşmagan sovğa olişi mumkinligi belgilangan. Şunda ham bir sovğaning narxi 750 dollardan oşmasligi kerak.












