10:50 / 30.03.2020
9427

Toshkent shahar hokimligida saxovatpesha insonlarning yordamlarini yetkazib berish bo‘yicha markaz tashkil etildi

Toshkent shahar hokimligida saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi.

30 mart kuni soat 06:00dan 20 aprel soat 00:01ga qadar Toshkent shahrida avtotransport vositalari harakati maxsus ruxsatnomalar bilan amalga oshirilishi munosabati bilan saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar masalasida qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, ko‘ngillilarning xayrli ishlari o‘z vaqtida manzilli amalga oshishiga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar hokimligida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi.

Markaz quyidagi tartibda ish faoliyatini amalga oshiradi:

  • davlat va jamoat tashkilotlari, deputatlar, tadbirkorlar, yordam ko‘rsatishni istagan faol fuqarolar markazga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat etadi;
  • markazdan murojaat bo‘yicha ma'lumot tuman hokimi o‘rinbosarlariga yetkaziladi;
  • tuman hokimi o‘rinbosarlari yordam ko‘rsatish istagini bildirganlar bilan hamkorlikda manzilli yordamni tashkil etadi.

Markazga har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar (71) 210-01-15 va (71) 210-01-16 telefon raqamlari orqali murojaat etish mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top