18:21 / 07.07.2020
82684

5ta hududdan 128 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 128 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilganini ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

«2020 yil 7 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 587 (+128) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida), 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida), 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan», – deyiladi xabarda.

Bugun soat 10:00 holatiga kasallanganlar soni 97taga oshgani xabar qilingandi. Rasmiy ma'lumotlar 14ta hudud bo‘yicha berilayotgan raqamlar bilangina cheklanib qolmoqda.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 6 690 nafarni tashkil etyapti.

O‘zbekiston bo‘yicha 3 858 nafar bemor COVID-19`dan davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top