20:50 / 10.07.2020
24826

Rossiya 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni boshlaydi

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, aviaqatnovlar COVID-19ga chalinish holatlari  100 ming kishiga 40tadan oshmagan mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yiladi. 

Foto: Getty Images

Rossiya hukumati 15 iyuldan xorijga parvozlarga qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni boshlaydi, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova.

"Rossiyada anchadan buyon kasallanish darajasi va yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanishi holatlari pasayishi kuzatilmoqda", — dedi u.

Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, aviaqatnovlar COVID-19ga chalinish holatlari  100 ming kishiga 40tadan oshmagan mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yiladi. 

U aviatsiya rahbariyatiga muzokaralar boshlash va qaysi mamlakatlar bu ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelishini aniqlashni taklif qildi.

COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya 27 martdan boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatgandi. 

Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko chegaralarning ochilishi epidemiologik vaziyatga bog‘liq ekanligini aytgandi.

Top