Aviakompaniyaning Boeing 737 MAX 8 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da Toşkent aeroportiga qöndi.  

«Bugun LOT Polish Airlines aviakompaniyasining yana bir yönalişi oçildi. Özbekiston dunyodagi eng qiziqarli mamlakatlardan biri bölib, Polşa va Yevropa yölovçilariga juda köp narsalarni taklif qila oladi. Işonçim komil, havo kemamiz bortida Markaziy Osiyoning yuragiga qulay şaroitda yetib boriş imkoniyati Polşa va Özbekiston örtasida turizm va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun turtki böladi. Biz bu yönalişni Özbekiston fuqarolari manfaatlarini ham hisobga olgan holda oçdik. Qulay tranzit punkti bölgan Varşavaning Chopin aeroportidan özbekistonliklar dunyoning 80 ga yaqin şaharlariga yetib borişi mumkin», dedi aviakompaniya boş direktori Mixal Fiyol. 

Toşkent – Varşava – Toşkent yönalişi böyiça parvozlar haftasiga uç marta – duşanba, payşanba va şanba kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan. 

LOT Polish Airlines — 1929 yilda taşkil etilgan Polşa aviakompaniyasi, ştab-kvartirasi Varşavada joylaşgan. Aviakompaniya parkiga 80 ga yaqin samolyotlar kiradi va uning tarmoği 100 dan ortiq turli yönalişlarni öz içiga oladi.