12:53 / 23.09.2020
6614

O‘zbekiston 345 mln dollarlik yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qildi

O‘zbekiston qaysi davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgani ma'lum bo‘ldi.

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 345,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 59,3 mln. AQSh dollariga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (314,7 mln.), Xitoy (10,8 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Belorus (2,8 mln.), Italiya (2,3 mln) va 1,9 mln. AQSh dollari bilan Ukraina hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 46ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Mavzuga oid
Top