2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133tani tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:
yengil avtomobillar – 2 410 421ta;
yuk avtomobillari – 150 294ta;
avtobuslar – 5 072ta;
mikroavtobuslar – 10 590ta;
maxsus transportlar – 3 756ta.
Ma'lumot o‘rnida, 2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646ta), Samarqand (311 997ta), Toshkent (253 073ta) va Farg‘ona (243 230ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.