19:38 / 03.11.2020
8649

KXDR Xitoy bilan chegarasini minalashtirdi

Janubiy Koreya razvedkasining fikricha, KXDRda pandemiya tarqalishi tibbiyotning zaifligi tufayli "dahshatli oqibatlarga" olib kelishi mumkin.

Foto: AFP

KXDR hukumati koronavirus yuqtirgan odamlar mamlakatga noqonuniy tarzda kirib kelishining oldini olish uchun Xitoy bilan chegarasini minalashtirish topshirig‘ini berdi. Janubiy Koreya razvedkasi vakillari ana shunday fikrda, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

"KXDR chegaralarini yopdi va Xitoy bilan ayrim chegara kesimlarida minalar o‘rnatdi. Chunki u joylarda koronavirusga qarshi kurashish uchun jismoniy yoki texnik imkoniyatlar mavjud emas", - dedi razvedka bo‘yicha parlament qo‘mitasiga kiruvchi deputatlardan biri. 

Razvedkaning fikricha, KXDRda pandemiya tarqalishi tibbiyotning zaifligi tufayli "dahshatli oqibatlarga" olib kelishi mumkin.

Janubiy Koreya razvedkasi Koreya Mehnat partiyasining fevraldagi yig‘ilishidan so‘ng tayyorlangan hujjatlaridan biri to‘g‘risida ma'lumot bergan. Hujjatga ko‘ra, KXDRda koronavirus tarqalishi natijasida 500 ming nafargacha inson halok bo‘lishi mumkin.

Top