Xitoy Taşqi işlar vazirligi Germaniyaning Pekindagi elçisi Patritsiya Florni Xitoy Xalq Respublikasi foydasiga josuslikka aloqador mojaro munosabati bilan çaqirtirdi. «Uşbu haftada tört nafar Germaniya fuqarosi Xitoy razvedka xizmatlariga josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olinganidan söng, meni bugun Taşqi işlar vazirligiga çaqirişdi», deb xabar berdi Flor 25 aprel, payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida.
«Juda oşkora qadam - lekin heç bölmaganda bir neçta narsani tuşuntiriş uçun yaxşi imkoniyat, - deb yozdi u va aniqlik kiritdi: - 1) Biz Germaniyada josuslikka, u qaysi davlatdan bölişidan qat’i nazar, toqat qilmaymiz. 2) Biz öz demokratiyamizni himoya qilamiz va bizning konstitutsiyaviy davlatimiz konstitutsiyaviy vositalarga ega. 3) Tergovni tugatgandan söng mustaqil sud ayblovlar böyiça qaror qabul qiladi».
Germaniya TIV ma’lumotlariga köra, Xitoy muvaqqat işlar vakili 23 aprel kuni Germaniya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan. «U federal hukumatning Xitoy josuslik faoliyatida tergov gumon qilayotgan aniq pozitsiyasidan xabardor böldi», — deyiladi bayonotda.
Germaniyada tört kişi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi
22 aprel kuni Drezdenda «Germaniya uçun muqobil» (GuM) öng qanot populistik partiyasi a’zolaridan birining xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib qölga olindi. Gumonlanuvçi - 43 yoşli Tsyan G. - GuMdan yevrodeputat Maksimilian Kra jamoasida işlaydi. Kraning rasmiy veb-saytida «akkreditatsiyadan ötgan yordamçi» sifatida körsatilgan Tsyan G. noqonuniy razvedka faoliyatida, jumladan xitoylik muxolifatçilar ustidan josuslik qilişda va Germaniya parlamenti işi haqida Pekinga ma’lumot uzatişda gumon qilinmoqda.
Şu kuni Germaniya huquq-tartibot idoralari Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligining ehtimoliy agentlarini foş qildi. 22 aprel kuni Bad-Gomburg va Dyusseldorf şaharlarida Germaniya Federativ Respublikasi Federal prokuraturasi talabiga binoan josuslik faoliyati va taşqi savdo qonunçiligini buzganlikda gumon qilingan uç nafar Germaniya fuqarosi qölga olindi.
Tergov ma’lumotlariga köra, Tomas R. Xitoy razvedka xizmati agenti bölib, uning topşiriği bilan harbiy maqsadlarda foydalaniş mumkin bölgan innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumot olgan. Buning uçun u Dyusseldorfda kompaniyaga ega bölgan er-xotin Xervig va Ina F.ning yordamidan foydalangan. Federal prokuraturaga köra, bu kompaniya Germaniya ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari bilan aloqa örnatiş va hamkorlik qiliş uçun vositaçilik xizmatlarini körsatgan.
Er-xotin F. Germaniya universitetlaridan biri bilan ilmiy işlanmalarni topşiriş töğrisida şartnoma tuzgan. Şu bilan birga, birinçi bosqiçda turli mexanizmlar, jumladan, harbiy kemalar dvigatellari uçun komponentlar sohasida tadqiqotlar ötkaziş rejalaştirilgan. Xitoy tomonidagi hamkor Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi xodimi bölib, loyiha XXR davlat idoralari tomonidan moliyalaştirilgan, deya xabar beradi Germaniya departamentlari.
Uşlangan barça tört kişi hibsga olindi.












