22:55 / 13.12.2020
39123

Shavkat Mirziyoyev: «Kimdir sizlarga prezidentga muammolar haqida aytmaysan desa, siyosatimga xiyonat qilibdi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib qaytdi. Tashrif yakuni bo‘yicha Urganch shahrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari nutqi avvalida viloyat faollaridan muammolar haqida ochiq gapirishni so‘radi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Kimdir sizlarga prezidentga falon gapni aytmaysan, desa siyosatimga xiyonat qilibdi. Bugun ochiq gaplashaylik. Balandparvoz gaplar kerak emas», ta'kidladi prezident.

Shavkat Mirziyoyev shu yil mart oyida ham Xorazm viloyatiga ikki kunlik tashrif bilan kelganini yodga oldi.

«Nima uchun prezident bir yilda ikki marta Xorazmga kelyapti? Bugungi islohotlardan xalq rozimi, norozimi? Katta-katta marralarni ko‘zlayapmiz, hamma o‘z yo‘lini topa oldimi? Bugun sizlar bilan ana shu savollarga javob topish uchun keldim. Maqsadim – sizlar bilan muloqot qilish.

Menga 50–80 varaqli ma'ruza tayyorlashibdi. Men ma'ruza qilish uchun kelmadim. Nima qilsak kelgusi yilda Xorazm yili bo‘ladi, natija bo‘ladi? Shuni ko‘zlaringizga qarab kelishib olishimiz kerak», – dedi u.

Prezident pandemiya oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz haqida to‘xtaldi.

«Tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, katta inqiroz bo‘ldi, pandemiya hamma rejalarni orqaga surib yubordi. 14 martdan beri kurashyapmiz. Butun dunyo kurashyapti. Yana eski holatga tushish ehtimoli yo‘q emas. Misli ko‘rilmagan ishlarni zahmatkash xalqimiz to‘g‘ri tushunyapti. Xudo xohlasa, shu kunlar keladiki, bu balodan kuchli qudratli bo‘lib chiqamiz.

Hali pandemiya boshlanmasdan, 24 yanvarda kambag‘alchilikning oldini olish degan adolatli shior qilgandik. «Temir daftar» qilmaganimizda kimga u pullarni adolatli tarqatardik? Ishsiz oilalarni «Temir daftar»ga olib mahkam ushlaganimiz poydevor bo‘ldi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top