22:13 / 15.12.2020
10536

Emigrantlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar nomi bo‘ldi

Avvalroq Valensiya, Alikante va Lissabon shaharlari emigrantlar yashashi uchun eng yaxshi shaharlar deb e'lon qilingandi.

Foto: Lui Siu Wai / Xinhua / Zuma / Global Look Press

ECA International konsalting kompaniyasi yashash uchun eng qimmat shaharlar nomini e'lon qildi. Reytingda eng yuqori o‘rinni Hongkong (Xitoy) egalladi. 

 Yuqori beshlikdan shuningdek, Tokio (Yaponiya), Nyu-York (AQSh), Jyeneva (Shveytsariya) va Tsyurix (Shveytsariya) joy oldi.

 Ulardan keyingi o‘rinlarga London (Buyuk Britaniya), Tel-Aviv (Isroil), Seul (Koreya), San-Fransisko (AQSh) va Yokohama (Yaponiya) joylashdi.

 Avvalroq InterNations kompaniyasi e'lon qilgan Expat Insider 2020 hisobotida emigrantlar yashashi uchun eng yaxshi shaharlar nomi ma'lum qilingandi.

 Ro‘yxatda eng yuqori o‘rinlarni Valensiya, Alikante va Lissabon shaharlari egallagan.

Mavzuga oid
Top