Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yaşovçi odamlar eng yuqori IQ darajasiga ega. Bu haqda International IQ test portali tomonidan e’lon qilingan 2023 yilgi reytingdan ma’lum bölmoqda. Özbekiston 80-örinda qayd etildi.
IQ darajasi (ing. intelligence quotient - «ay-kyu» deb öqiladi) - bu odam aql-zakovat darajasining miqdoriy bahosi (aqliy rivojlaniş koeffitsiyenti), maxsus testlar yordamida aniqlanadi.
Qayd qilinişiça, IQ test reytingi International IQ test portali orqali ixtiyoriy testdan ötgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan. 2023 yilgi hisobotga köra, 115 mamlakatdan qariyb 1,7 mln kişi bu testni topşirgan.
Insonning örtaça IQ darajasi 100 ballni taşkil qiladi. 100 dan yuqori qiymatlar örtaçadan yuqori, 100 dan past qiymatlar örtaçadan past deb hisoblanadi. IQ darajasi 70 balldan past bölsa, aqliy zaiflik mavjudligini körsatadi.
2023 yilgi IQ darajasi reytingi quyidagiça:
1. Janubiy Koreya: 107,54 ball
2. Xitoy: 106,99 ball
3. Eron: 106,84 ball
4. Yaponiya: 106,18 ball
5. Singapur: 106,18 ball
6. Avstriya: 102,71 ball
7. Kanada: 102,6 ball
8. Germaniya: 102,36 ball
9. Sloveniya: 102,31 ball
10. Möğuliston: 102,3 ball
…
64. Qozoğiston: 97,26
80. Özbekiston: 94,81
89. Qirğiziston: 93,46
97. Tojikiston: 92,1
Röyxatning eng oxirida Gabon, Kongo, Angola, Kongo DR, Kot-d’Ivuar, Nikaragua va Gvatemala kabi davlatlar joy olgan.

















