21:59 / 23.12.2020
13000

Video: Harbiy vertolyotda parvoz hamda «Chimyon» Tog‘ tayyorgarligi markazi bo‘ylab sayohat

22 dekabr kuni Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, dastlab press-tur ishtirokchilari Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurib, bu yerdagi klub va muzeyda yaratilgan sharoitlar va uning faoliyati bilan tanishdi.

Shundan so‘ng jurnalistlar Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi. U yerda so‘nggi yillarda vertolyot aviatsiyasida qo‘llanilayotgan uchish apparatlari bilan tanishildi va tashrif buyuruvchilar moviy osmon kengliklari bo‘ylab zamonaviy vertolyotlardan birida parvoz qildi.

Mudofaa vazirligiga qarashli «Chimyon» Tog‘ tayyorgarligi o‘quv mashqlari markazida kunimizning ikkinchi qismi o‘tdi.

Markazda qulay infratuzilma, o‘quv-moddiy bazada jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda harbiy xizmatchilar ishtirokidagi ot sporti, tog‘li hududda qorda maxsus anjomlar bilan chang‘ida harakatlanish, paraplanda uchish va qo‘nish, maxsus tog‘ tayyorgarligi simulyatorida o‘yin asosida quroldan otish hamda tog‘da harakatlanishda zarur bo‘ladigan texnikalar namoyishi tashkil etildi.

Shuningdek, tog‘li hududda jangovar o‘qotar qurollardan nishonlarga o‘q otish, tog‘da harakatlanish, qoyaga ko‘tarilish va tushish kabi real vaziyatga yaqinlashtirilgan ko‘rgazmali o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top