20 aprel kuni Toşkent şahrining asosiy köçalarida Mudofaa vazirligi qöşinlari harbiy bölinmalarining tantanali piyoda yurişi taşkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, tadbir «aholida Vatan himoyaçilariga nisbatan faxr va iftixor tuyğularini oşiriş, yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş» maqsadida ötkaziladi. 

Qurolli Kuçlar akademiyasi (Mustaqillik köçasi) – Amir Temur xiyoboni – Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti (Temiryölçilar köçasi) – Toşkent markaziy EKO boği («EKO» park, Maxtumquli köçasi) – Toşkent Markaziy boği (Hamidulla Oripov köçasi) – Qurolli Kuçlar akademiyasi yönalişi böylab harakatlaniş davomida harbiy xizmatçilarning bölinma tarkibida, orkestr sadolari ostida, saf qöşiqlarini ijro qilgan holda tantanali piyoda yurişi rejalaştirilgan. 

Amir Temur xiyoboni hamda Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti hududi maydonida harbiy xizmatçilarning qöl jangi va Faxriy qorovul jamoasining körgazmali çiqişlari, bölinmaning jangovar çaqiriği, harbiy orkestrning defile namoyişlari ijro etiladi. 

Harbiy bölinmalarning tantanali ravişdagi piyoda yurişi soat 12:00 da Qurolli Kuçlar akademiyasi asosiy darvozasidan boşlanadi.