21:02 / 07.01.2021
14638

Ilon Mask dunyoning eng boy kishisiga aylandi

Foto: Getty Images

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Amazon asoschisi Jyeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kishisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

7 yanvar kuni Tesla aksiyalari narxi 796,38 dollargacha ko‘tarildi va Maskning boyligi 188,5 mlrd dollarga yetdi.

 2020 yil boshida milliarderning boyligi 27 mlrd dollar bo‘lib, u dunyoning eng boy kishilari  ro‘yxatida yuqori o‘ntalikdan ham joy olmagandi.

 O‘tgan yil dekabrida Tesla aksiyalari narxi oshishi hisobiga uning boyligi 7,2 mlrd dollarga ko‘payib, 128 mlrd dollarga yetgan.  

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Maskning boyligi o‘tgan yilning 12 oyi davomida taxminan 100 mlrd dollarga ko‘paygan. Ta'kidlanishicha, dunyoning eng boy 500 kishisi orasida hech kim bunday davr ichida o‘z boyligini bunchalik ko‘paytira olmagan.

 Bezos 2017 yildan buyon dunyoning eng boy kishisi maqomini hech kimga bermay kelayotgandi. Uning boyligi 184 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top