17:25 / 23.02.2021
7532

Maskning boyligi 15 mlrd dollarga kamaydi va dunyoning eng boy odami maqomini yo‘qotdi

Tesla aksiyalari narxi 8,6 foizga arzonladi. Narx tushishi Maskning tvitterda yozgan izohi bilan ham bog‘liq. Biznesmen bitkoyn va Ethereum kursi «rostdan ham yuqoridek ko‘rinmoqda» deb yozgandi.

Foto: Reuters

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odami maqomini yo‘qotdi. Tesla aksiyalari narxi pasayishi natijasida uning boyligi 15,2 mlrd dollarga kamayib, 183 mlrd dollarga tushib qoldi.

Tesla aksiyalari narxi 8,6 foizga arzonladi, bu sentyabrdan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich, deb yozadi Bloomberg. Narx tushishi Maskning tvitterda yozgan izohi bilan ham bog‘liq. Biznesmen bitkoyn va Ethereum kursi «rostdan ham yuqoridek ko‘rinmoqda» deb yozgandi.

Mask bu izohni Tesla kriptovalutaga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritgani to‘g‘risida xabar qilganidan ikki hafta o‘tgach yozdi. Mask 19 fevral kuni kompaniyaning bitkoynga pul tikishini aqlsizlik deb atadi. 

Tesla aksiyalari narxi pasaygach, Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Uni boyligi 186 mlrd dollarga teng bo‘lgan Amazon asoschisi Jyeff Bezos quvib o‘tdi. 

Mavzuga oid
Top