17:59 / 27.03.2021
11720

Serbiya – Portugaliya, Holand Turkiyaga qarshi. JCh-2022 Yevropa saralashi 2-tur anonsi

Ushbu haftaning dam olish kunlari muxlislar klublar ishtirokidagi o‘yinlar emas, milliy jamoalar o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lishadi. 

Chorshanba kunidan Yevropada 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichiga start berildi. 24 martdan 31 mart kuniga qadar 10ta guruhda 3ta tur o‘tkazilib, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar joy olgan.

Xususan, JCh-2022 Yevropa saralash bosqich 2-turi doirasida 27-28 mart kunlari Rossiya – Sloveniya, Norvegiya – Turkiya, Serbiya – Portugaliya, Qozog‘iston – Fransiya, Albaniya – Angliya, Ruminiya – Germaniya singari qiziqarli bahslar muxlislar e'tiborida bo‘ladi. 

Ayniqsa, «A» guruhi peshqadamlari Serbiya va Portugaliya va «G» guruhida qo‘shhokimlik qilayotgan Norvegiya – Turkiya bahsi qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Birinchi turda Niderlandiyani mag‘lub etgan turklarning Erling Holand yetakchiligidagi norveglarga qarshi bahsi turning markaziy o‘yini sifatida e'tirof etilmoqda.

JCh-2022. Yevropa saralash bosqichi. 2-tur.

27 mart (shanba)
H guruhi. 19:00. Rossiya – Sloveniya
G guruhi. 19:00. Chernogoriya – Gibraltar
H guruhi. 22:00. Xorvatiya – Kipr
E guruhi. 22:00. Belarus – Estoniya
G guruhi. 22:00. Norvegiya – Turkiya
G guruhi. 22:00. Niderlandiya – Latviya
H guruhi. 00:45. Slovakiya – Malta
A guruhi. 00:45. Serbiya – Portugaliya
A guruhi. 00:45. Irlandiya – Lyuksemburg
E guruhi. 00:45. Chexiya – Belgiya

28 mart (yakshanba)
D guruhi. 18:00. Qozog‘iston – Fransiya
B guruhi. 21:00. Gruziya – Ispaniya
F guruhi. 21:00. Daniya – Moldova
I guruhi. 21:00. Albaniya – Angliya
J guruhi. 21:00. Armaniston – Islandiya
B guruhi. 23:45. Kosovo – Shvetsiya
C guruhi. 23:45. Bolgariya – Italiya
C guruhi. 23:45. Shveytsariya – Litva
D guruhi. 23:45. Ukraina – Finlandiya
F guruhi. 23:45. Isroil – Shotlandiya
F guruhi. 23:45. Avstriya – Farer orollari
I guruhi. 23:45.  Polsha – Andorra
I guruhi. 23:45. San-Marino – Vengriya
J guruhi. 23:45. Ruminiya – Germaniya
J guruhi. 23:45. Sh.Makedoniya – Lixtenshteyn.

Mavzuga oid
Top