Portugaliyada navbatdan taşqari parlament saylovlari natijalariga köra, 2015 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan Pedro Nunu Santuşning sotsialistik partiyasi (SP) mutlaq köpçilikni yöqotib, atigi 28,66 foiz saylovçilarning qöllab-quvvatlaşini ta’minlay oldi. Bu natija SPga mamlakat parlamentidagi 230 örindan 77 tasini kafolatlaydi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi 11 mart, duşanba kuni. 

Qayd etilişiça, Nunu Santuş allaqaçon saylovlardagi mağlubiyatini tan olgan va muxolifatga ketişini e’lon qilgan. Xabar e’lon qilingan vaqtda deyarli barça ovozlar sanab bölingan va 230 deputatlik örinlaridan 226 tasining taqdiri ma’lum edi. 

Luiş Montenegru boşçiligidagi konservativ öng markazçi Demokratik alyans (AD) 29,49 foiz ovoz oldi. Bu ADga parlamentda 79 örin oliş huquqini beradi. 

Öng qanot populistlari natijani yaxşiladi

Şu bilan birga, sobiq sport şarhlovçisi Andre Venturaning öng qanot populist «Yetarli» (Chega) partiyasi öz faoliyatini sezilarli darajada yaxşilay oldi va uni qöllab-quvvatlagan saylovçilar soni böyiça uçinçi örinni egalladi. Agar 2022 yilgi saylovlarda partiyaning natijasi 7 foizdan sal köproq bölgan bölsa, bu safar uni 18 foiz saylovçilar qöllab-quvvatlagan. Bu «Yetarli» partiyasini parlamentda kamida 48 örin bilan ta’minlaydi. 

Mutaxassislar koalitsion hukumat tuziş oson bölmasligini kutmoqda, çunki yirik partiyalar öng qanot populistlar bilan hamkorlik qiliş imkoniyatini istisno etmoqda. Saylov ğolibi kiçikroq partiyalar bilan koalitsiya tuziş böyiça muzokaralar olib borişi kerak böladi. Ayrim kuzatuvçilar şu fonda yangi parlament saylovlarini ötkaziş zarurligini bildiryapti.

Portugaliyada muddatidan oldin saylovlar 

2023 yil noyabr oyi boşida, korrupsiya mojarosi fonida boş vazir Antoniu Koşta iste’foga çiqqanidan ikki kun ötib, Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza parlamentni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlarni 2024 yil 10 martga tayinladi. 

2015 yilda Portugaliya boş vaziri lavozimini egallagan Antoniu Koşta 7 noyabr kuni «hozirgi şaroitda» iste’foga çiqişi haqida respublika prezidentiga ariza berganini e’lon qildi. Bu bayonot uning qarorgohida, şuningdek, bir qator davlat muassasalarida ötkazilgan tintuvlardan bir neça soat ötgaç aytilgan. Operatsiya natijasida Koşta ma’muriyati rahbari Vitor Eşkaria, Siniş şahri meri, bir qança tadbirkorlar va boşqalar qölga olindi.