08:16 / 28.05.2021
3736

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar ro‘yxati;
  • Raqamli markirovkalashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va dasturiy ta'minotlar bilan jihozlanadigan tadbirkorlik sub'yektlari – tajriba loyihalari ishtirokchilari ro‘yxati;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni hamda suv va salqin ichimliklarni, maishiy texnikani raqamli markirovkalash va kuzatib borish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom;
  • Ayrim turdagi mahsulotlar yangi toifalarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi»).

Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash va keyinchalik tovar aylanmasining barcha bosqichlarini kuzatish to‘g‘risidagi ma'lumotlar «Asl belgisi» ma'lumotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida jamlanadi va qayta ishlanadi. «CRPT Turon» MChJ «Asl belgisi» milliy axborot tizimi operatori hisoblanadi.

Tadbirkorlik sub'yektlarining tajriba loyihalarini amalga oshirish jarayonida ixtiyoriy ishtirok etishi ularni qonunchilikda belgilangan ishlab chiqarish va majburiy markirovkalash talablariga rioya etishdan ozod etmaydi.

Tajriba loyihasi boshlanadigan sana hamda majburiy markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sanalar belgilandi:

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.

Top