21:42 / 16.06.2021
12196

Xitoy AQSh va YeIning birlashgan kuchlariga qarshi turishga tayyorligini bildirdi

Diplomatlarning ta'kidlashicha, Pekin o‘z ichki siyosati, xususan, Tayvan, Hongkong, Shinjon va Tibetga nisbatan aralashuvlarga toqat qila olmaydi.

Foto: iStock

Xitoy hukumati mamlakat suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish uchun AQSh va YeIning birlashgan kuchlariga qarshi turishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Xitoyning Yevroittifoqdagi diplomatik missiyasi ma'lum qildi, deb xabar berdi South China Morning Post.

Diplomatlarning ta'kidlashicha, Pekin o‘z ichki siyosati, xususan, Tayvan, Hongkong, Shinjon va Tibetga nisbatan aralashuvlarga toqat qila olmaydi.

«Xitoy o‘tmishdagi Xitoy emas. Xitoy xalqi ko‘tarildi. Bizga nisbatan qo‘rqitish ish bermaydi», deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Xitoy tashqi ishlar vazirligi Vashington va Bryusselni o‘zlarining ichki muammolari bilan shug‘ullanishga chaqirgan.

Avvalroq Xitoy NATO va G7 bayonotlariga nisbatan norozilik bildirgandi.

Top